Loading...

Epidemiologik monitoring bo‘lim +998 72 226-34-29

Ishonchxona

Epidemiologik monitoring bo‘lim faoliyati to‘g‘risida

Jizzax viloyat OITSga qarshi kurashish markazining epidemiologik monitoring bo‘limida jami 4 nafar 2 nafar vrach epidemiolog va 2 nafar epidemiolog yordamchisi faoliyat yuritadi. Bo‘limda faoliyat yuritayotgan 2 nafar epidemiologning 1 nafari oliy toifali, 1 nafari toifasiz. Epidemiolog yordamchilarining ikkalasi xam oliy toifali.

  1. OIV infeksiyasi bo‘yicha joylarda metodik amaliy yordam ko‘rsatish, kasallik o‘choqlarida epidimiologik, profilaktik tadbirlar o‘tqazilishida boshchilik qilish.
  2. OIV infeksiyasiga qarshi profilaktik va epidemiyaga qarshi chora- tadbirlar rejasi bo‘yicha amalda tadbiq etib, monitoring nazoratini olib borish.
  3. Profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlarda ishtirok etib, OIV infeksiyasining tarqalib ketishini oldini olish.
  4. Viloyat miqyosida OIV bilan kasallanish bo‘yicha ma’lumot yig‘ish, ularni tahlil qilib borish.
  5. Epidemiologik vaziyat haqida ma’lumot taqdim etish, kasallik o‘chog‘ida chegaralash, surishtiruv va profilaktik tadbirlarni tashkil etish.
  6. DPMlarga OIV – infeksiyasi masalalari bo‘yicha amaliy - metodik yordam ko‘rsatish, kasallik o‘choqlarida epidemiologik, profilaktik tadbirlarni o‘tqazishida boshchilik qilish.
  7. OIV masalalari bo‘yicha huquqiy normativ hujjatlar tayyorlashda epidemiologik masalalar bo‘yicha fikr va takliflarini kiritish.
  8. Viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi tomonidan tayyorlanadigan hay`at qarorlari, buyruq- loyihalarini tayyorlashda qatnashish.
  9. Viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi hay’at yig‘ilishiga, DSENM san.epid kengashiga ma’lumot tayyorlash va masala kiritish.
  10. Aholi orasida OIV – profilaktikasi mavzusida sanitariya - targ‘ibot ishlarida qatnashish.